Bugun 2 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Falastin tinchlikka erishish uchun AQSh va Saudiya Arabistoni bilan hamkorlik qiladi

Falastin tinchlikka erishish uchun AQSh va Saudiya Arabistoni bilan hamkorlik qiladi

Falastin ma’muriyati tinchlikka erishish uchun AQSh prezidenti Donald Tramp, Saudiya Arabistoni va mintaqaviy sheriklar bilan hamkorlik qilmoqda.

Al Jazeeratelekanali xabar berishicha, bu haqda Falastinning BMTdagi doimiy kuzatuvchisi o‘rinbosari Majed Bamiya BMT Xavfsizlik kengashining Yaqin Sharqdagi vaziyat bo‘yicha yig‘ilishida ma’lum qilgan.

"Biz Prezident Tramp, Saudiya Arabistoni va mintaqaviy hamkorlarimiz bilan tinchlikka erishish uchun ishlayapmiz. Tinchlik sari yo‘l ikki davlatli yechimdir. 1967 yil chegaralarida mustaqil Falastin davlati yaratilmasdan turib, mojaroni hal qilib bo‘lmaydi. Biz o‘z mustaqil davlatimizni yaratishga haqlimiz va xalqimizning ko‘chirilishini rad etamiz", - deydi falastinlik rasmiy.

"Biz Yaqin Sharqda tinchlik va adolat hukmron bo‘lishini istaymiz. Isroil xavfsizligi Falastin qoni evaziga ta’minlanmaydi", deb davom etdi Bamiya, "Falastinliklarning insoniy qadr-qimmatini hurmat qilish zarurligini" ta’kidladi.

Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, “BMT rezolyusiyalarini bajarish va G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishga erishish kerak”. “G‘azo sektorida xalqaro ko‘mak bilan Falastin hukumati bo‘lishi kerak, ammo Isroil bunga to‘sqinlik qilmoqda”, - deya xulosa qildi u.

Kiritildi: 08:20 01.07.2025. O'qildi: 376 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!