Bugun 2 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Evroittifoq Armaniston iqtisodiyoti uchun 270 mln yevro ajratadi

Evroittifoq Armaniston iqtisodiyoti uchun 270 mln yevro ajratadi

Evropa Ittifoqi 2028 yilgacha Armaniston iqtisodiyotining barqarorligini oshirish uchun 270 million yevro ajratishni rejalashtirmoqda.

Bu haqda Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Kaya Kallas Yerevanda bo‘lib o‘tgan Armaniston tashqi ishlar vaziri Ararat Mirzoyan bilan qo‘shma matbuot anjumanida ma’lum qildi.

«Evropa Ittifoqi Armanistonga 2024-2027 yillarga mo‘ljallangan barqarorlik va iqtisodiy o‘sish dasturi uchun 270 million yevro ajratmoqda. Bu biznesni qo‘llab-quvvatlaydi, Armaniston va YEI o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilaydi va islohotlarga yordam beradi. Ammo bizning munosabatlarimiz faqat iqtisodiyot doirasida emas.

Shuningdek, biz aholining zaif guruhlariga moliyaviy, uy-joy va psixologik yordam ko‘rsatamiz», – dedi Kallas.

Kiritildi: 15:51 30.06.2025. O'qildi: 462 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!