Bugun 1 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

NATOga a’zo davlatlar AQShdan 21 milliard dollarlik qurol sotib oldi

NATOga a’zo davlatlar AQShdan 21 milliard dollarlik qurol sotib oldi

2024 yil davomida NATOga a’zo davlatlar AQShdan taxminan 21 milliard dollar qiymatida qurol-yarog‘ va harbiy texnika sotib oldi.

Bu haqda AQShning NATOdagi doimiy vakili Metyu Uitaker bayonotiga tayangan holda AQSh Davlat departamenti matbuot xizmati xabar berdi.

Uitakerning ta’kidlashicha, bunday yirik harbiy xaridlar nafaqat alyansning jamoaviy mudofaasini mustahkamlaydi, balki AQShda yangi ish o‘rinlarini yaratish va mamlakatning sanoat ishlab chiqarish bazasini kengaytirishga xizmat qiladi.

«Bu xaridlar NATO davlatlarining xavfsizligini kafolatlash barobarida, Amerika iqtisodiyoti uchun ham strategik ahamiyatga ega», — dedi Uitaker.

Ma’lumotlarga ko‘ra, xarid qilingan qurollar tarkibiga zamonaviy havo mudofaa tizimlari, harbiy uchuvchisiz apparatlar (dronlar), artilleriya tizimlari va raqamli aloqa uskunalari kirgan.

Kiritildi: 18:43 29.06.2025. O'qildi: 596 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!