Bugun 1 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Turkiya Pokistondagi terrorchilik hujumini keskin qoraladi

Turkiya Pokistondagi terrorchilik hujumini keskin qoraladi

Anqara Pokistonning Xayber-Paxtunxva viloyatida sodir etilgan terrorchilik aktini eng qat’iy tarzda qoralaydi.

Bu haqda Turkiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy bayonotida ma’lum qilindi.

Bayonotda halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar soni ko‘p ekaniga e’tibor qaratilgan hamda qurbonlar yaqinlariga chuqur hamdardlik izhor qilingan. Shuningdek, jarohatlanganlarga tez fursatda shifo tilab o‘tilgan.

«Turkiya terrorizmning har qanday shakli va ko‘rinishiga qarshi turadi va Pokiston xalqi bilan birdamligini yana bir bor tasdiqlaydi», — deyiladi bayonotda.

Kiritildi: 17:47 29.06.2025. O'qildi: 581 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!