Isroil armiyasi Livanning janubiy Nabatiya viloyatida joylashgan Ayta al-Shaab shahriga artilleriya hujumi amalga oshirdi.
Bu haqda Livan ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda.
Hozircha halok bo‘lganlar, yaralanganlar yoki yo‘q qilingan inshootlar haqida rasmiy ma’lumot berilgani yo‘q.
Ta’kidlanishicha, 2024 yil 27 noyabrda kuchga kirgan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga qaramay, Isroil harbiylari deyarli har kuni Livan janubidagi hududlarga quruqlik va havo orqali hujumlar uyushtirib kelmoqda.