Bugun 1 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Litva va Estoniya piyodalarga qarshi minalarni taqiqlovchi Ottava konvensiysidan chiqishi haqida BMTni xabardor qildi

Litva va Estoniya piyodalarga qarshi minalarni taqiqlovchi Ottava konvensiysidan chiqishi haqida BMTni xabardor qildi

"Litva hech qanday illuziyaga ega emas. Putin boshchiligidagi Rossiya – Yevropa uchun eng katta va uzoq muddatli ekzistensial tahdid, shu sababli mamlakat o‘zini himoya qilish uchun barcha zarur choralarni ko‘radi", — deya munosabat bildirdi Litva tashqi ishlar vaziri Kestutis Budrisning.

Estoniya tashqi ishlar vaziri Margus Saxkna esa shunday dedi: "Rossiyaning Ukrainaga qarshi davom etayotgan bosqinchilik urushi bizga shuni o‘rgatdiki, o‘zimizni yaxshiroq himoya qilishimiz uchun dushman amal qilmaydigan qurol cheklovlarini bir tomonlama joriy qilmasligimiz kerak".

Qayd etilishicha, BMTga xabar berganidan keyin mamlakatlar olti oydan so‘ng konvensiya a’zoligini rasmiy tarzda to‘xtatadi.

Avvalroq Latviya, Finlyandiya va Polsha ham Ottava konvensiyasidan chiqqandi. Ushbu davlatlar o‘z qarorlarini Rossiyaning Ukrainaga nisbatan tajovuzi bilan asoslantirgan.

Ottava konvesiyasi piyodalarga qarshi minalarni ishlab chiqish, ulardan foydalanish, saqlash va boshqa davlatlarga topshirishni taqiqlaydi. Bundan tashqari, konvensiya ishtirokchilari piyoda minalar zaxiralarini yo‘q qilish majburiyatini ham oladi.

Kiritildi: 14:16 29.06.2025. O'qildi: 470 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!