Ukraina Oliy Radasi urush tugagandan keyin saylovlarni o‘tkazish uchun maxsus qonun loyihasi ishlab chiqmoqda. Bu haqda Oliy Rada raisi Ruslan Stefanchuk telemarafonda ma’lum qildi.
«Biz bu qonun loyihasini tayyorlayapmiz, chunki keyingi saylovlarni o‘tkazish uchun maxsus qonun bo‘lishi shart, u poslevoyenniy saylovlarni tartibga soladi», — dedi u.
Stefanchukning so‘zlariga ko‘ra, urush tugagandan so‘ng Ukraina ko‘plab sinovlar bilan to‘qnash keladi va ularning tabiati urush qanaqa va qachon tugashiga bog‘liq bo‘ladi.
«Biz turli asosiy ssenariylarni tayyorlayapmiz, odamlar o‘z konstitusion huquqlarini amalga oshira olishlari uchun. Bu Ukrainada bo‘lishi kerak. Va biz bu to‘g‘ri qonunchilik kompromissini topa olamiz, deb o‘ylayman», — dedi Oliy Rada raisi.