Bugun 1 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

"Qarz qulligi yo‘li": Ilon Mask AQSh Senati qabul qilgan qonunni qattiq tanqid qildi

"Qarz qulligi yo‘li": Ilon Mask AQSh Senati qabul qilgan qonunni qattiq tanqid qildi

AQSh Senati davlat xarajatlarini qisqartirish va davlat qarzi chegarasini oshirishga qaratilgan qonun loyihasini qabul qildi. Bu hujjatni tadbirkor Ilon Mask "aqlbovar qilmas va vayron qiluvchi" deb atadi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, qonun davlat qarzi limitini 5 trillion dollarga oshiradi — bu tarixdagi eng yirik oshirish hisoblanadi. Mask buni Amerika uchun "qarz qulligi yo‘li" deb atadi.

Maskning bayonotida ta’kidlanishicha, yangi qonun millionlab ish o‘rinlarini yo‘qotishga olib keladi va mamlakat iqtisodiyotiga jiddiy strategik zarar yetkazadi. Shuningdek, u bu tashabbus "o‘tmishda qolgan sohalarga imtiyoz berib, kelajak sohalariga zarar keltirayotganini" ta’kidladi.

Mask, shuningdek, qonun Respublikachilar partiyasi uchun siyosiy xavf tug‘dirishini aytdi: "So‘rovnomalar bu qonunni qo‘llab-quvvatlash — partiya uchun siyosiy xudkushlik ekanini ko‘rsatyapti", — deb yozdi u X ijtimoiy tarmog‘ida.

Eslatib o‘tamiz, ushbu qonun loyihasini avvalroq AQSh Vakolatchilar palatasi tasdiqlagan. Endi faqat Donald Trampning imzosi qoldi. Shu masala tufayli Ilon Mask avval Tramp bilan ochiq tortishgan, ammo keyinroq bundan afsuslanganini aytgan.

Kiritildi: 11:17 29.06.2025. O'qildi: 824 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!