Bugun 1 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Toshkentdan Chorvoqqa zamonaviy avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Toshkentdan Chorvoqqa zamonaviy avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Qatnov 1 iyuldan boshlanadi. Narxi 25 ming so‘m. To‘lovlar naqd pul va bank kartalari orqali amalga oshirilishi mumkin.

Shu yilning1 iyul kunidan boshlab "Mashinasozlar metrosi (Toshkent) — Chorbog‘ (Humson qo‘rg‘oni)" avtobus yo‘nalishida xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.

Bu haqda "Toshshahartransxizmat" AJ ma’lum qildi.

Yo‘nalishga "MAN RR3" rusumli turistik avtobuslar biriktiriladi. Ushbu avtobuslar 47 ta o‘rindiqli, shinam va kondisionerlar bilan jihozlangan.

Yo‘nalishda yo‘l kira narhi 25000 so‘mni tashkil etadi. Birinchi qatnov Mashinasozlar metrosi bekatidan har kuni soat 6:00 da boshlanadi. Qanovlar har 1,5 soatda amalga oshiriladi. Qatnov vaqti 1 soat 30 daqiqani tashkil etadi. So‘nggi qatnov soat 20:30 da Chorbog‘ tomondan amalga oshiriladi va soat 22:00 da Mashinasozlar metrosida tugatiladi.

Yo‘nalishdagi avtobuslar o‘z harakatini Mashinasozlar metrosidan boshlab, Maxtumquli ko‘chasi, Yangi O‘zbekiston bog‘i, Xojikent mavzesi, Chinorkent maskani orqali Humson qo‘rg‘onigacha harakatlanadi.

Yo‘nalishda naqd pulda va bank kartalari orqali to‘lov amalga oshirish imkoniyati mavjud.

Kiritildi: 11:01 29.06.2025. O'qildi: 589 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!