Bugun 27 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Eron sulhni buzsa AQSh Isroilga harakat erkinligini beradi

Eron sulhni buzsa AQSh Isroilga harakat erkinligini beradi

AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Isroil rasmiylariga Eron o‘t ochishni to‘xtatish rejimini buzsa, Isroil o‘zi xohlagancha javob qaytarish imkoniyatiga ega bo‘lishini aniq aytdi.

Bu haqda The Washington Post nashri xabar bermoqda.

"Kelishuv doirasida AQSh hukumati Isroil tomoniga Eron tomoni o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvini buzganiga javob qaytarish uchun harakat erkinligiga ega bo‘lishini so‘zsiz tushunishni Isroilga yetkazdi", — deb yozadi gazeta vaziyatdan xabardor shaxsga tayanib.

Seshanba kuni sulh tuzilganidan keyin Isroil tomoni Eron Isroil tomon raketa uchirgani haqida xabar berdi. Eron harbiylari o‘t ochishni to‘xtatish rejimini buzmaganliklarini bildirdi.

Shundan so‘ng Tramp har ikki davlatdan noroziligini bildirib, shuningdek, Isroilni zarbalarga javoban Eronni bombardimon qilmaslikka chaqirdi. Keyinroq u Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu bilan gaplashib, uni Tehron bilan avval tuzilgan sulh bitimini buzmaslikka chaqirdi. Shundan so‘ng Isroil armiyasi hujumlarga cheklangan javobni boshlab, faqat Tehron yaqinidagi radarni nishonga oldi.

Seshanbaga o‘tar kechasi Tramp Isroil va Eron o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi kuchga kirganini e’lon qildi. Keyinroq Isroil va Eronda o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi tasdiqlandi.

Kiritildi: 15:50 25.06.2025. O'qildi: 593 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!