Bugun 27 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Eron MAGATE bilan hamkorlikni to‘xtatdi

Eron MAGATE bilan hamkorlikni to‘xtatdi

Eron parlamenti Tehronning MAGATE bilan hamkorligini to‘xtatuvchi qonun loyihasini ma’qulladi.

Bu haqda Eron parlamenti matbuot xizmati xabar berdi.

Qonun loyihasiga ko‘ra, Eron hukumati Tehronga agentlikning professional xatti-harakati bo‘yicha aniq kafolatlar berilguniga qadar MAGATE bilan hamkorlikni to‘xtatishi kerak.

Hujjatda agentlik xodimlari yadroviy ob’ektlarni tekshirish uchun muntazam ravishda mamlakatga bora olmasligi nazarda tutilgan. Endi ular respublikaga faqat yadroviy inshootlar xavfsizligini ta’minlashdan iborat bo‘lgan hollarda va faqat Eron Xavfsizlik kengashining roziligi bilan tashrif buyurishlari mumkin bo‘ladi.

Kiritildi: 15:20 25.06.2025. O'qildi: 582 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!