Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish Xavfsizlik Kengashining Eron atrofidagi vaziyat bo‘yicha favqulodda yig‘ilishida ochilish bayonoti bilan chiqadi.
Bu haqda jahon tashkiloti bosh kotibi idorasida jurnalistlarga ma’lum qilingan.
Guterrish nutqidan so‘ng yig‘ilish ishtirokchilari uning siyosiy masalalar bo‘yicha yordamchisi Miroslav Yencha hamda Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) rahbari Rafael Grossining hisobotlarini tinglashadi.
Ma’ruzalar AQShning Eron yadroviy inshootlariga zarbalari oqibatlariga bag‘ishlanadi. Uchrashuv Tehronning iltimosiga ko‘ra o‘tkaziladi.