Bugun 24 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Suveren davlatni bombardimon qilish, xalqaro huquqni buzish hisoblanadi - Rossiya TIV

Suveren davlatni bombardimon qilish, xalqaro huquqni buzish hisoblanadi - Rossiya TIV

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Qo‘shma Shtatlarning Eronga qarshi amalga oshirgan zarbalariga munosabat bildirdi.

"Qanday bahonalar bilan oqlanmasin, suveren davlat hududini raketa va bomba zarbalariga duchor qilish bo‘yicha mas’uliyatsiz qaror xalqaro huquqni, BMT Nizomini va Xavfsizlik Kengashining rezolyusiyalarini qo‘pol ravishda buzadi. BMT Xavfsizlik Kengashi bu kabi harakatlarni avval ham “noqonuniy” deb baholagan", deyiladi Rossiya TIV bayonotida.

"Aynan BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zosi bo‘lgan davlat bu zarbalarni amalga oshirgani alohida xavotir uyg‘otadi", deya qo‘shimcha qilingan bayonotda.

Kiritildi: 18:56 22.06.2025. O'qildi: 1416 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!