Isroilning raketa zarbasi oqibatida Eron davlat teleradiokompaniyasi xodimi halok bo‘ldi.
Bu haqda Eron davlat teleradiokompaniyasi o‘zining "Telegram" kanalida ma’lum qildi.
"Eron Islom Respublikasi ovozi kotibiyati xodimi Ma’sume Azimiy Isroil zarbasidan keyin sodir bo‘lgan portlash to‘lqini oqibatida halok bo‘ldi", — deyiladi nashrda.
Eslatib o‘tamiz, Eron davlat televideniyesi shtab-kvartirasiga hujum 16 iyun kuni jonli efir vaqtida sodir bo‘lgan.