Xayfa neft qayta ishlash zavodi Eron raketalari zarbasidan so‘ng to‘liq to‘xtatildi. Bu haqda Isroilning Yedioth Ahronoth gazetasi mamlakatning eng yirik neft qayta ishlash kompaniyasi Bazan Group ma’lumotiga tayanib xabar bermoqda.
Isroil telekanali Channel 14 neft qayta ishlash zavodidagi vaziyatni tanqidiy deb atab, barcha ob’ektlar Eron raketalari zarbasi oqibatida zararlanganini (videoda ko‘rsatilgan) va hujum natijasida uch kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi.
Bazan Group fond birjasi uchun tarqatgan bayonotida “elektrostansiyaning jiddiy zararlanishi oqibatida barcha neft qayta ishlash zavodi ob’ektlari yopilgan”ligini ma’lum qildi. Kompaniya, shuningdek, Eron hujumlari natijasida zararlangan elektrostansiya guruh ob’ektlarida ishlatiladigan quvvatning bir qismini ta’minlashini va “qo‘shimcha zarbalar” ham qayd etilganini qo‘shimcha qildi.
Bundan avval, shu kuni Eronda Isroil zarbalari sabab eng yirik gaz konlari «Janubiy Pars»da ish faoliyati vaqtincha to‘xtatilgani xabar qilingan edi.
Shu bilan birga, Islom Inqilobi Qo‘rg‘on Kuchlari vakili bir necha daqiqalar oldin “Haqiqat Va’dasi 3” operasiyasining to‘qqizinchi tolqini boshlanganini, bu operasiya tonggacha uzluksiz davom etishini bildirib, hujumlar raketa va dronlarni o‘z ichiga olishini ma’lum qildi.