Bugun 18 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Qarzdorning “HYUNDAI” mashinasi sug‘urta tovon puli sabab jarima maydoniga "yo‘l oldi"

Qarzdorning “HYUNDAI” mashinasi sug‘urta tovon puli sabab jarima maydoniga "yo‘l oldi"

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontoxur tumanlararo sudining ijro varaqalariga asosan, qarzdor sug‘urtalovchi mas’uliyati cheklangan jamiyatdan 83 nafar fuqarolar foydasiga jami 1 mlrd. so‘m miqdoridagi sug‘urta tovon pullarini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari Byuroning Shayxontohur tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.

Undiruvchi 83 nafar fuqarolar foydasiga sug‘urta tovonini qarzdor tashkilotdan undirish maqsadida, qarzdorning mol-mulklarini aniqlash, undiruvni mol-mulkiga qaratish yuzasidan tegishli tashkilotlarga hamda bank muassasalariga so‘rovnomalar yuborilib, qarzdorning nomiga rasmiylashtirilgan 2 ta “Hyundai” va “Kia optima” avtotransport vositalariga nisbatan taqiq o‘rnatilgan.

Ijro harakatlari davomida qarzdorning manziliga chiqilganda qarzdorga tegishli bo‘lgan avtotransport vositalari manzildan topilmaganligi sababli, O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning
42-moddasiga asosan, qidiruv e’lon qilingan bo‘lib, ijro harakatlari qidiruv natijalariga qadar Qonunning 35-moddasiga asosan ijro ishi yuritish vaqtinchalik to‘xtatilgan.

Byuroning Toshkent shahar boshqarmasi hamda Toshkent shahar IIBB YHXBB organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan navbatdagi tungi reydlar jarayonida “Hyundai” rusumli avtotransport vositasi harakatdan to‘xtatilib, o‘rganilganda qidiruvda ekanligi aniqlangan.

Mazkur avtotransport vositasi xatlanib, jarima maydoniga joylashtirilgan.

Kiritildi: 23:35 16.06.2025. O'qildi: 625 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!