“Yuksalish” harakati tomonidan jamoatchilik nazorati asosida o‘tkazilgan monitoringda “O‘zsuvta’minot” AJ tomonidan foydalanishga topshirilgan deb e’lon qilingan bir qator ichimlik suvi loyihalari amalda ishlamayotgani aniqlandi.
Jumladan, Dehqonobod tumanida suv quvuri qurilgan bo‘lsa-da, aholi suvga ulanmagan, Qarshi va G‘uzorda tarmoqlar ishlamayapti, Asakada esa suv haftasiga bor-yo‘g‘i ikki kun berilyapti.
“O‘zsuvta’minot” bu tanqidlarga raddiya bildirib, “Yuksalish”ni noto‘g‘ri axborot tarqatishda, noxolislikda va noprofessionallikda ayblagan.
Harakat esa barcha ma’lumotlar rasmiy manbalar va joylardagi jamoatchilik fikri asosida to‘planganini bildirmoqda.
“Yuksalish” ko‘plab joylarda suv ta’minoti mavjud emasligi, aholining noroziligi va bu holatlarga izoh berilmayotganini qayd etdi.