Bugun 18 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Erdog‘an Putin bilan Isroil — Eron mojarosini muhokama qildi

Erdog‘an Putin bilan Isroil — Eron mojarosini muhokama qildi

Turkiya Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi.

Suhbat chog‘ida Isroil va Eron o‘rtasidagi mojarolar, Turkiya–Rossiya o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar holati va mintaqaviy masalalar muhokama qilindi.

Prezident Erdo‘g‘an suhbat davomida shunday dedi: “Isroilning Eronga qarshi hujumlaridan boshlangan zo‘ravonlik spirali butun mintaqa xavfsizligini xavf ostiga qo‘ydi.”

Turkiya rahbari Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu hukumatining noqonuniy harakatlari xalqaro tizimga jiddiy tahdid solayotganini ta’kidladi. U mintaqaga yangi urush kirib kelishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini qat’iy urg‘uladi.

Kiritildi: 17:13 16.06.2025. O'qildi: 752 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!