Bugun 18 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekistonda jazirama issiqda poyezdlar harakat tezligiga cheklovlar o‘rnatiladi

O‘zbekistonda jazirama issiqda poyezdlar harakat tezligiga cheklovlar o‘rnatiladi

Ma’lumki, ayni kunlarda respublikamiz hududida keskin issiq ob-havo kuzatilmoqda. Harorat ko‘tarilishi natijasida yerusti temir yo‘llarining relslari hamda ularning po‘lat qismlarida harorat juda yuqori bo‘lishini inobatga olib, yo‘lovchilar va poyezdlar harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida, poyezdlar harakat tezligiga cheklovlar o‘rnatiladi.

⚠️ Harakat tezligiga cheklovlar o‘rnatilgan poyezdlar sovitish tizimining ishlash quvvati pasayishi mumkinligini ma’lum qilamiz.

❗️ Shuningdek, tezligiga cheklovlar o‘rnatilgan poyezdlar harakat jadvalida ko‘rsatilgan vaqtdan kechroq manzilga yetib borishi mumkin.

📌 “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ o‘z mijozlaridan, anomal issiqlik tufayli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi, - deyiladi xabarda.

Kiritildi: 14:48 16.06.2025. O'qildi: 467 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!