Nashrning yozishicha, bu ularning Isroil va Eron o‘rtasidagi urushda ishtirok etishi mumkinligidan dalolat beradi. Kecha kechqurungi holatga ko‘ra, ko‘chirilgan samolyotlar soni 30 tadan ortgan.
"Bir nechta g‘arb davlatlarining yoqilg‘i quyuvchi samolyotlari Isroilga Eronga zarba berishda yordam bermoqda. Shuningdek, AQSh Isroilga Eronning ballistik raketalarini urib tushirishda yordam berish uchun Yaqin Sharq mintaqasiga qo‘shimcha THAAD havo mudofaasi tizimlari va AEGIS esmineslarini joylashtirdi", deya xabar bermoqda Military Watch Magazine .
Avvalroq Donald Tramp AQSh “Isroil-Eron mojarosiga aralashishi mumkinligini” ma’lum qilgandi. Shu bilan birga, u tomonlar o‘rtasida “kelishuv ustida ish olib borilayotgani” va “tez orada tinchlikka erishilishi” haqida post yozgan edi.