Bugun 14 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Isroilning Eronga hujumining birinchi bosqichi yakunlandi

Isroilning Eronga hujumining birinchi bosqichi yakunlandi

Isroilning Eronga havo hujumlari nishonlari orasida mamlakatning turli hududlaridagi yadroviy va harbiy ob’ektlar ham bor.

Bu haqda Isroil mudofaa kuchlari rasmiy vakili Efi Defrin ma’lum qilgan.

"Siyosiy rahbariyatning buyrug‘iga binoan Isroil mudofaa kuchlari Eronning yadroviy dasturiga zarba berish maqsadida hamda Eron rahbariyatining Isroilga qarshi davom etayotgan tajovuziga javoban yuqori aniqlikdagi razvedka ma’lumotlariga asoslangan holda oldindan, maqsadli va muvofiqlashtirilgan hujum operasiyasini boshladi.

Bir muncha vaqt oldin o‘nlab jangovar samolyotlar operasiyaning birinchi bosqichini yakunladi. Bu bosqichda o‘nlab harbiy ob’ektlarga, jumladan, Eronning turli hududlarida joylashgan yadroviy nishonlarga zarbalar berildi", — deya qo‘shimcha qildi Efi Defrin.

Kiritildi: 06:49 13.06.2025. O'qildi: 1044 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!