Bugun 14 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Tramp yangi “Oltin karta” dasturini e’lon qildi

Tramp yangi “Oltin karta” dasturini e’lon qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp xorijlik investorlar uchun mo‘ljallangan yangi immigrasiya loyihasini taqdim etdi. U 5 million dollar miqdoridagi sarmoya evaziga beriladigan eksklyuziv “Tramp Card” — ya’ni "Oltin karta" dasturiga bag‘ishlangan TrumpCard.gov veb-saytining ishga tushirilganini e’lon qildi.

Tramp ijtimoiy tarmoqlarda yangi platformaga qiziqish yuqori ekanini ta’kidladi: “Minglab odamlar ro‘yxatdan o‘tish va bog‘lanish bo‘yicha savollar berishmoqda”, — dedi u.

Ushbu tashabbus an’anaviy “yashil karta” (Green Card) dasturiga muqobil sifatida ko‘rilmoqda. “Tramp Sard” elit toifadagi xorijliklar, ayniqsa, katta miqdorda investisiya kiritishga tayyor shaxslar uchun mo‘ljallangan.

Eslatib o‘tamiz, Tramp ushbu kartaning ilk namunasini 2025 yil aprel oyida, “Air Force One” samolyoti bortida namoyish qilgan edi. U hujjat prototipini faxr bilan ko‘rsatib, kartalar ikki haftadan kam muddatda tayyor bo‘lishini va’da qilgandi.

Kiritildi: 00:20 13.06.2025. O'qildi: 987 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!