Bugun 14 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Litva rasman Energetika xartiyasi shartnomasidan chiqdi

Litva rasman Energetika xartiyasi shartnomasidan chiqdi

Litva energetika sohasiga investisiyalarni himoya qilishga qaratilgan xalqaro shartnoma – Energetika xartiyasi shartnomasidan chiqishga qaror qildi, deb xabar beradi Anadolu agentligi.

LETA tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, qaror mamlakat parlamenti Seym tomonidan ma’qullangan. 99 deputat “ma’qul” deya ovoz berdi, hech kim qarshi ovoz bermadi, ikki nafar deputat betaraf qoldi.

Litva Energetika vazirligining ta’kidlashicha, shartnomada ishtirok etish hozirgi vaziyatda, ayniqsa Yevropa Ittifoqining aksariyat davlatlari unga qo‘shilishdan bosh tortayotgan paytda ma’nosizdir.

Litva shartnomani 1995 yilda imzolagan va 1998 yilda uni rasman ratifikasiya qilgan.

1994 yilda qabul qilingan shartnomaga Yevropa va Markaziy Osiyoning 47 davlati qo‘shilgan. Shartnomaning asosiy maqsadi energetika sohasiga, xususan, postsovet hududidagi xorijiy sarmoyalarni himoya qilishdir.

Biroq so‘nggi yillarda shartnoma iqlim siyosatiga, jumladan Yevropa Yashil kelishuviga va Parij kelishuviga mos kelmasligi uchun tanqid qilindi. 2024 yilda YEI Kengashi Yevropa Ittifoqi va Yevrotom hamjamiyatining shartnomadan chiqishini ma’qulladi.

Bugungi kunga qadar Italiya, Fransiya, Germaniya, Polsha, Sloveniya, Lyuksemburg, Portugaliya, Ispaniya va Buyuk Britaniya Shartnomadan chiqishdi. Niderlandiya 2025 yil iyun oyi oxirida rasman chiqishi rejalashtirilgan

Kiritildi: 23:40 12.06.2025. O'qildi: 784 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!