Reuters agentlikning qayd etishicha, bu qariyb 20 yil ichida MAGATE tomonidan qabul qilingan eng keskin rezolyusiya hisoblanadi.
Hujjatga ko‘ra, Tehron MAGATE'ga uchta ob’ektda aniqlangan uran izlarining kelib chiqishi bo‘yicha ishonchli tushuntirish bermagan.
"To‘rttadan uchta ob’ekt 2000-yillarning boshigacha Eron tomonidan amalga oshirilgan yashirin tizimli yadroviy dastur doirasida bo‘lgan va “ayrim faoliyatlar davomida e’lon qilinmagan yadro materiallari qo‘llangan", deyiladi rezolyusiyada.
MAGATE'ning 35 ta davlatdan iborat boshqaruv kengashida rezolyusiya bo‘yicha ovoz berishda 3 davlat – Rossiya, Xitoy va Burkina-Faso unga qarshi ovoz berdi, 11 davlat betaraf qoldi, 21 ta mamlakat esa hujjatni qo‘llab-quvvatladi.