Bugun 14 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

BMT butun dunyo bo‘ylab ichki ko‘chirilganlar soni misli ko‘rilmagan darajada oshib borayotganidan ogohlantirmoqda

BMT butun dunyo bo‘ylab ichki ko‘chirilganlar soni misli ko‘rilmagan darajada oshib borayotganidan ogohlantirmoqda

Birlashgan Millatlar Tashkiloti jahondagi urushlar va mojarolar natijasida ichki ko‘chirilganlar soni misli ko‘rilmagan darajada ortishidan ogohlantirdi – 122 milliondan ortiq kishi.

Bu haqda BMTning Qochqinlar bo‘yicha agentligi hisobotida ko‘rsatilgan.

Ma’lumotlar joriy yilning aprel holatiga ko‘ra taqdim etilgan. Hisobotda o‘sish Sudan, Myanma va Ukrainada davom etayotgan keng ko‘lamli qurolli mojarolar, shuningdek, xalqaro hamjamiyatning harbiy harakatlarni to‘xtata olmasligi bilan izohlanadi.

BMTning qochqinlar bo‘yicha Oliy komissari Filippo Grandi so‘zlariga ko‘ra, qochqinlar va ichki ko‘chirilganlar sonining ko‘payishi qochqinlarga yordam uchun ajratiladigan mablag‘ning qisqarishi bilan ham bog‘liq. Komissarning ta’kidlashicha, moliyalashtirish 2015 yil darajasiga tushib ketgan, o‘shanda dunyodagi ko‘chirilganlar soni hozirgi ko‘rsatkichning yarmiga teng edi.

Gumanitar tashkilotlar tinchlik bitimlarini tuzishda siyosiy yetakchilik yo‘qligi mojarolarni cho‘zayotgani va ularning harbiy harakatlar oqibatlarini bartaraf etish ishlariga to‘sqinlik qilayotganidan shikoyat qilmoqda.

BMT Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligi Qo‘shma Shtatlar tarixan eng yirik donor bo‘lganini, biroq mamlakat qochqinlar uchun ajratiladigan mablag‘ni qisqartirib, millionlab odamlarning hayotini xavf ostiga qo‘yganini ta’kidladi. Xususan, yetarli mablag‘ yo‘qligi ayollarni zo‘rlash, bolalarni esa odam savdosi qurboni bo‘lish xavfi ostida qolmoqda.

Kiritildi: 14:15 12.06.2025. O'qildi: 461 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!