Bugun 14 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Hindistonda yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi

Hindistonda yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Hindistonning Ahmadobod aeroporti yaqinidagi turar-joy hududida yo‘lovchi samolyoti qulab tushdi.

Bu haqda NDTV telekanali ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, halokatga uchragan samolyot Air India aviakompaniyasiga tegishli. Samolyot bortida 130 nafar yo‘lovchi bo‘lgan.

Voqea joyidan olingan videotasvirlarda yerdan qalin tutun ustuni ko‘tarilayotganini ko‘rish mumkin.

Voqea joyiga kamida o‘nlab tez yordam mashinasi yetib kelgan. Polisiya hududdagi transport harakatini to‘sib qo‘ydi.

News18 xabariga ko‘ra, halokatga uchragan samolyot Boeing 787-8 Dreamliner bo‘lib, bortida 250 ga yaqin yo‘lovchi bo‘lgan. Taxminlarga ko‘ra, hodisa samolyot Londonga ko‘tarilayotganda sodir bo‘lgan.

Kiritildi: 14:08 12.06.2025. O'qildi: 801 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!