Los-Anjelesdagi namoyishchilarning aksariyati zo‘ravonlik usullaridan foydalanmoqda, AQSh prezidenti Donald Tramp esa tinch namoyishlar o‘tkazish huquqini qo‘llab-quvvatlamoqda.
Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livitt ma’lum qildi.
Kerolayn Livitt shahardagi voqealarga izoh berar ekan, tartibsizliklar vaqtida ko‘plab namoyishchilar hibsga olinganini aytdi.
"Ushbu hujumlar nafaqat huquq-tartibot idoralariga, balki Amerika madaniyati va jamiyatiga ham qaratilgan edi. To‘polonchilar AQSh bayroqlarini yoqib yuborishdi, ammo prezident Tramp bu mamlakatda ommaviy boshqaruvga hech qachon yo‘l qo‘ymaydi", dedi u.