Bugun 14 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Evropa Ittifoqi Xitoyning ikki bankiga qarshi sanksiyalar joriy etmoqchi

Evropa Ittifoqi Xitoyning ikki bankiga qarshi sanksiyalar joriy etmoqchi

Evropa Ittifoqi Rossiyaga ittifoq sanksiyalarini chetlab o‘tishda yordam bergani uchun Xitoyning ikkita kichik bankiga qarshi sanksiyalar joriy qilishni taklif qildi.

Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Nashrning qayd etishicha, cheklovlar doirasida Xitoyning Rossiya bilan chegarasi yaqinida joylashgan ikkita mintaqaviy kredit muassasasi bilan har qanday bitimlar taqiqlanadi.

Ta’kidlanishicha, Xitoyning ikki banki Rossiya tomoniga Yevropa Ittifoqining joriy savdo cheklovlarini chetlab o‘tishda yordam berganlikda gumon qilinmoqda.

Agentlik Xitoyning qaysi kredit tashkilotlariga nisbatan sanksiyalar qo‘llanilishiga aniqlik kiritmagan.

Kiritildi: 10:40 12.06.2025. O'qildi: 497 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!