Bugun 14 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Alvares — Krouford jangi Netflix’da namoyish etiladi

Alvares — Krouford jangi Netflix’da namoyish etiladi

UFC prezidenti Dana Uayt o‘zining ijtimoiy tarmoqlarida Turki Al ash Shayh bilan birgalikda Saul Alvares va Terens Krouford o‘rtasidagi jang promosi bilan shug‘ullanishini ma’lum qildi.

"Turki muxlislar ko‘rishni istaydigan eng yirik janglarni o‘tkazmoqchi. Bu aynan menga kerak bo‘lgan narsa. Tasavvur qiling: men ilk bor boks jangini targ‘ib qilyapman va u Kanelo — Krouford jangi!

Bunday jang hayotda faqat bir marta bo‘ladi. 13 sentyabr, shanba kuni, Netflix orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda boks tarixidagi ikki buyuk sportchi Las-Vegasda tarixiy to‘qnashuvda uchrashadi", — deb yozdi Uayt.

Kiritildi: 05:50 12.06.2025. O'qildi: 643 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!