Afg‘oniston davlat va siyosat arbobi, o‘zbek millatiga mansub Marshal Abdulrashid Do‘stum Turkiya poytaxti Anqarada Qurbon hayiti munosabati bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda “Tolibon” hukumatiga tahdid qildi.
“Hozir na Tramp, na Putin va na Afg‘oniston qo‘shnilari “Tolibon”ga ishonyapti. Xalq ishonchi komil bo‘lsin – “Tolibon” qanday kelgan bo‘lsa, shunday ketadi. Bu hazil emas”, degan u.