Bugun 14 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Yana bir prezident qamoq jazosiga hukm qilindi

Yana bir prezident qamoq jazosiga hukm qilindi

Argentinaning sobiq prezidenti Kristina Kirshner korrupsiya jinoyati bo‘yicha olti yil qamoq jazosiga hukm qilindi.

Bu haqda TN telekanali xabar bermoqda.

Telekanal xabariga ko‘ra, Argentina Oliy sudi ilgari chiqarilgan hukmni o‘z kuchida qoldirgan. Sud kollegiyasi bir ovozdan Kirshnerni jinoiy guruh tashkil etishda va davlat mablag‘larini o‘zlashtirish maqsadida firibgarlik asosidagi boshqaruvda aybdor deb topgan. Ushbu mablag‘lar Santa-Krusdagi milliy infratuzilma loyihalari uchun ajratilgan edi.

Sud shuningdek, Kirshner 2003 yildan 2015 yilgacha tadbirkor Lazaro Baes manfaatlarini ko‘zlab ish olib borganini aniqlagan. Loyihalar bo‘yicha narxlar sun’iy ravishda oshirilgan va ko‘plab ishlar umuman bajarilmagan. Shuningdek, unga umrbod davlat xizmatida ishlash taqiqlangan.

Qayd etilishicha, sudlanuvchi qamoq jazosini uy qamog‘iga almashtirishni so‘rash huquqiga ega.

Kiritildi: 23:58 11.06.2025. O'qildi: 1439 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!