"Xitoy bilan bitim yakunlandi, faqat rais Si bilan men yakuniy kelishuvni imzolash qolgan", — deb yozdi AQSh prezidenti Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Trampning aniqlik kiritishicha, ushbu kelishuv doirasida AQSh Xitoydan olib kirilayotgan mahsulotlarga solinadigan boj stavkalarini 145 foizdan 55 foizgacha tushiradi, Xitoy esa o‘z navbatida AQSh mahsulotlariga bo‘lgan tariflarni 125 foizdan 10 foizgacha kamaytiradi.
Xabarda, shuningdek, Pekin oldindan Vashingtonga nodir metallar va magnitlar yetkazib berishini kafolatlagani aytilgan. Bundan tashqari, AQSh xitoylik talabalar uchun o‘z kollej va universitetlarida ta’lim olishga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qiladi.