Bugun 14 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

AQSh Adliya vazirligi va Ichki xavfsizlik vazirligi chet el fuqarolarining Ilon Mask bilan uchrashuvlarini kuzatib borgan

AQSh Adliya vazirligi va Ichki xavfsizlik vazirligi chet el fuqarolarining Ilon Mask bilan uchrashuvlarini kuzatib borgan

Bu haqda WSJ nashri xabar bermoqda.

Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 va 2023 yillarda Qo‘shma Shtatlarning bir qator hukumat tuzilmalari Ilon Maskning mulklariga tashrif buyurgan xorijliklarning kelishi va ketishini nazorat qilgan.

The Wall Street Journal manbalarining ta’kidlashicha, prezidentlik saylovi kampaniyasi davrida Mask boshqa davlatlar vakillari bilan shunchalik tez-tez uchrashganki, bu hatto Trampning qayta saylanishini qo‘llab-quvvatlash uchun tashkil etilgan siyosiy qo‘mita a’zolarini ham tashvishga solgan. Ular saylov jarayoniga chet eldan bo‘lishi mumkin bo‘lgan aralashuvdan xavotirga tusha boshlagan.

Kiritildi: 21:55 11.06.2025. O'qildi: 659 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!