Bugun 13 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Xorazmda elektr energiyadan noto‘g‘ri foydalanayotgan korxona aniqlandi

Xorazmda elektr energiyadan noto‘g‘ri foydalanayotgan korxona aniqlandi

"O‘zenergoinspeksiya" Xorazm viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Urganch tumanida joylashgan "Urganch parranda invest" xususiy korxonasi tomonidan reaktiv quvvatni kompensasiya qilmasdan, elektr energiyasidan samarasiz va nooqilona foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida O‘zbekiston Respublikasining 940-sonli Qonunining 45-moddasi bo‘yicha hisob-kitob qilinib, 41,7 mln so‘m miqdorida moliyaviy sanksiya qo‘llanildi.

Ma’lumot o‘rnida: Reaktiv quvvat kompensasiyasi bo‘yicha ishlarni tashkil etish tartibini buzish yoki unga rioya etmaslik – asbob-uskunalar yoki normativ usullar bilan aniqlangan isrof bo‘lgan elektr energiyasi miqdori qiymatining 50 foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Kiritildi: 13:06 10.06.2025. O'qildi: 539 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!