Bu haqda juma kuni tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barrot RTL kanalida ma’lum qildi.
"Bir necha kundan keyin Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadigan konferentsiya munosabati bilan biz bir qator davlatlarni, shuningdek, barcha manfaatdor tomonlarni, xususan, Falastin milliy ma’muriyatini, mintaqadagi arab mamlakatlarini Falastin davlatini yaratish va mavjud bo‘lish yo‘lidagi barcha to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha majburiyatlarni olishga jalb etishga qaror qildik", dedi Barro.
Uning qo‘shimcha qilishicha, “Hamas” harakatini qurolsizlantirish “mutlaqo zarur”, aks holda “G‘azo va Falastin uchun kelajakda tinchlik va barqarorlik bo‘lishi mumkin emas”.
Aprel oyida Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Fransiya joriy yilning iyun oyida Falastin davlatini tan olishini kutayotganini e’lon qilgan edi.
17—20 iyun kunlari BMTning Nyu-Yorkdagi shtab-kvartirasida Isroil-Falastin mojarosini tartibga solish bo‘yicha xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi.