Rossiya AQSh prezidenti Donald Tramp va uning sobiq maslahatchisi Ilon Mask o‘rtasidagi kelishmovchilikka aralashmoqchi emas.
Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
"Bu Qo‘shma Shtatlarning ichki ishi. Biz bunga hech qanday aralashmoqchi emasmiz yoki hech qanday tarzda izoh bermaymiz. Ishonchimiz komilki, AQSh prezidenti bu vaziyatni o‘zi hal qiladi.", - dedi Kreml vakili.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Tramp va Mask o‘rtasidagi janjal "Amerika rahbarini Ukraina kelishuvidan chalg‘itishi dargumon".
"Mamlakatlar prezidentlari bir vaqtning o‘zida juda ko‘p turli xil masalalar bilan shug‘ullanadilar - u yoki bu muhim emas. Davlat rahbarlarining hamma narsaga vaqti yetarli", - deya qo‘shimcha qildi u.