Bugun 8 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Eron Xitoydan ballistik raketalarni butlovchi qismlarga buyurtma berdi, ularning yarmi Xusiylarga beriladimi?

Eron Xitoydan ballistik raketalarni butlovchi qismlarga buyurtma berdi, ularning yarmi Xusiylarga beriladimi?

Eron o‘zining harbiy qudratini tiklash maqsadida Xitoydan minglab tonna ballistik raketa komponentlarini buyurtma qildi.

Bu haqda Amerikaning The Wall Street Journal nashri xabar bermoqda.

Nashrning qayd etishicha, Tehron potensial ravishda 800 tagacha raketa ishlab chiqarish uchun yetarli miqdorda ammoniy perxloratga buyurtma bergan. Ushbu material qattiq yoqilg‘ida ishlaydigan raketalarni ishlab chiqarish uchun ishlatiladi.

Nashrning yozishicha, ammoniy perxlorat partiyasi yaqin oylarda Eronga kelishi kutilmoqda. Manbalarga ko‘ra, yetkazib berish AQSh prezidenti Donald Trampning Eron oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiyga yadroviy muzokaralar o‘tkazishni taklif qilgani haqidagi mart oyidagi bayonotidan bir necha oy oldin kelishilgan.

Ammoniy perxlorat Eronning Pishgaman Tejarat Rafi Novin Co. tashkiloti tomonidan Gonkongdagi Lion Commodities Holdings Ltd. kompaniyasiga buyurtma qilingan.

WSJ manbalaridan birining aytishicha, bu partiyaning bir qismi Yamandagi hutiylarga o‘tkazilishi mumkin. Materiallarning katta qismi Eronda qoladi.

Kiritildi: 12:49 06.06.2025. O'qildi: 527 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!