Bugun 6 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Turkiyada 14 yoshli qiz vahimaga tushish oqibatida vafot etdi

Turkiyada 14 yoshli qiz vahimaga tushish oqibatida vafot etdi

Turkiya janubidagi zilzila paytida maktab o‘quvchisi vahimaga tushishi tufayli vafot etdi. Bu haqda Ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya ma’lum qildi.

Erlikaya ijtimoiy tarmoqda "O‘n to‘rt yoshli Afranur Gunlu zilzila paytida Fetxiyada vahimaga tushdi va kasalxonaga yotqizildi, ammo uni qutqarib qolishni iloji bo‘lmadi”, deb yozdi.

Marmaris shahri yaqinidagi Mug‘la viloyatida 5,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Ichki ishlar vazirligi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, mahalliy aholi zilziladan shunchalik qo‘rqib, katta balandlikdan sakray boshlagan. Oqibatda 69 kishi tan jarohati oldi, ulardan 46 nafari shifoxonada tekshiruv va davolanishni davom ettirmoqda.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, yer silkinishlari Mug‘la viloyati va bir qator boshqa joylarda ham sezilgan. Hech qanday zarar qayd etilmagan.

Kiritildi: 11:19 03.06.2025. O'qildi: 780 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!