Evropa davlatlari Ukraina mojaroni davom ettirishi kerak degan qarorga keldi, dedi Vengriya bosh vaziri Viktor Orban "Facebook"dagi sahifasida.
"Biz urushni tark etmayapmiz, balki unga o‘tmoqdamiz. Bryussel byurokratlari Amerikaning tinchlik rejalarini qo‘llab-quvvatlamaydi. Ular Ukraina urushni davom ettirishi kerak, degan qarorga kelishdi", - dedi Orban.
Vengriya bosh vaziri uning mamlakati bunday ssenariyni qo‘llab-quvvatlamasligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Budapesht Qo‘shma Shtatlarning Ukraina mojarosini tinch yo‘l bilan hal qilish borasidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qiladi.
Orban, shuningdek, Yevropa rahbariyati Vengriyani urush tarafdori bo‘lgan Yevropa koalisiyasiga jalb qilish uchun barcha resurslarini sarflashini ta’kidladi.