Bugun 6 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Isroilning G‘azo sektoriga uyushtirgan hujumi oqibatida kamida 19 falastinlik halok bo‘ldi

Isroilning G‘azo sektoriga uyushtirgan hujumi oqibatida kamida 19 falastinlik halok bo‘ldi

Isroil qo‘shinlari G‘azo sektori janubidagi gumanitar yordam tarqatish punktida bir guruh falastinliklarga qarata o‘t ochishi oqibatida kamida 19 nafar falastinlik halok bo‘ldi. Bu haqda Al Jazeera mahalliy tibbiyot manbalariga tayanib xabar bermoqda.

"Isroilning Rafax g‘arbida gumanitar yordam kutayotgan bir guruh odamlarni o‘qqa tutishi oqibatida 19 kishi halok bo‘ldi", — deyiladi manbalar.

G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi dushanba kuni ma’lum qilishicha, may oyining oxiridan beri Isroilning gumanitar yordam tarqatish punktlariga bir necha o‘xshash hujumlari oqibatida 75 kishi halok bo‘lgan va 400 dan ortiq kishi jarohatlangan.

Kiritildi: 10:18 03.06.2025. O'qildi: 362 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!