Bugun 6 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Rossiya bir kechada Ukrainaning 8 ta dronini urib tushirdi

Rossiya bir kechada Ukrainaning 8 ta dronini urib tushirdi

Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimlari Qrim, Kursk va Belgorod viloyatlari hamda Azov dengizi uzra bir kechada sakkizta Ukraina dronini yo‘q qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.

"Joriy yilning 2 iyun kuni Moskva vaqti bilan soat 20:00 dan 3 iyun kuni soat 07:00 gacha bo‘lgan davrda havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari navbatchilikda Ukrainaning sakkizta dronini yo‘q qildi: Qrim Respublikasi hududida uchta, Kursk va Belgorod viloyatlari hududlarida har birida ikkitadan va Azov dengizi suvlari ustida bitta dron yo‘q qilindi" - deyiladi Mudofaa vazirligi bayonotida.

Kiritildi: 10:08 03.06.2025. O'qildi: 519 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!