Bugun 6 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Rossiya Ukraina bilan jarayonni cho‘zish uchun ataylab ahamiyatsiz masalalarga e’tibor qaratyaptimi?

Rossiya Ukraina bilan jarayonni cho‘zish uchun ataylab ahamiyatsiz masalalarga e’tibor qaratyaptimi?

"O‘rgimchak to‘ri" operasiyasi doirasida SBU rus aviasiyasiga zarba berganidan so‘ng, Moskva muzokaralarni buzish va harbiy operasiyalarni davom ettirish bilan tahdid qildi.

Bu haqda Mudofaa vazirligidagi muzokaralar jarayonidan xabardor manbaga tayanib, "Ukrainska pravda" xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, muzokaralarda oldinga siljish bor, biroq Moskva jarayonni cho‘zish uchun ataylab ahamiyatsiz masalalarga e’tibor qaratmoqda.

"Muzokaralarda albatta olg‘a siljish bor. Lekin Rossiya muhokama qilmoqchi bo‘lgan masalalarning ikkinchi darajaliligi muzokaralar jarayonida vaqtni qasddan tortib olish va buning uchun qandaydir mexanizmlar izlashdan darak beradi", - dedi manba.

U alohida ta’kidlaganidek, yaqinda SBU tomonidan "o‘rgimchak to‘ri" operasiyasi ham muzokaralar jarayoniga ta’sir ko‘rsatdi.

Shu bilan birga, manbaga ko‘ra, Moskva o‘z talablariga munosabatini o‘zgartirmagan:

Talablar birinchi uchrashuvdagidek edi - birinchidan, besh viloyat - Kursk, Lugansk, Donesk, Zaporojye va Xerson hududidan chiqib ketish va shundan keyingina o‘t ochishni to‘xtatish shartlari.

Suhbatdosh, shuningdek, Vladimir Medinskiy Rossiya delegasiyasining asosiy vakili bo‘lib qolayotganini tasdiqladi - u to‘liq vakolatlarga ega va Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan bevosita aloqada.

"Rossiya tomonining pozisiyasi muzokaralarning birinchi raundidagidek ikkilanmadi. Lekin bu safar Ukraina tomoni ham xuddi shunday keskin javob qaytardi. Va bu asosiy farq. Kislisa Ukraina rozi bo‘lmagan barcha pozisiyalarni ifoda etganlardan biri edi", - deya xulosa qildi Ukrainska pravda suhbatdoshi.

Kiritildi: 09:30 03.06.2025. O'qildi: 583 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!