Ovoz berish ertalab soat 6 dan kech soat 8 gacha davom etadi.
Garchi davlat rahbari lavozimiga besh kishi da’vogarlik qilayotgan bo‘lsa-da, haqiqiy kurash uchta asosiy nomzod o‘rtasida kechadi va, aslida, ulardan faqat ikkitasining g‘alaba qozonish imkoniyati bor.
Koreya Respublikasining yangi rahbari mamlakatni besh yil davomida qayta saylanish huquqisiz boshqarish huquqiga ega bo‘ladi.
Kuzatuvchilar va jamoatchilik fikri so‘rovlariga ko‘ra, Li Chje Myon g‘alaba uchun asosiy da’vogar bo‘lib qolmoqda, garchi so‘nggi kunlarda uning raqibi Kim Mun Su reytingdagi farqni qisqartira boshlagan bo‘lsa-da. Lining prezidentlikka saylanishi tashqi siyosatni barqarorlashtirish va Rossiya bilan munosabatlarni yaxshilash uchun imkoniyatlar oynasini ochishi mumkin.
G‘olib, katta ehtimol bilan, 4 iyunga o‘tar kechasi e’lon qilinadi, shuningdek, Koreya Respublikasi yangi prezidentining lavozimiga kirishishi 4 iyun, chorshanba kuni bo‘lib o‘tadi.