Bugun 6 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Kambodja Tailand bo‘yicha Xalqaro sudga shikoyat qildi

Kambodja Tailand bo‘yicha Xalqaro sudga shikoyat qildi

Kambodja Tailand bilan chegara mojarolari bo‘yicha Xalqaro sudga shikoyat qiladi. Yaqinda ikki mamlakat o‘rtasida chegarada to‘qnashuv bo‘lib, unda Kambodja askari halok bo‘lgan edi. Bu haqda Arab News xabar berdi.

“Umid qilamizki, Tailand ushbu masalani Xalqaro sudga topshirishga rozi bo‘ladi va yana qurolli qarama-qarshilikka yo‘l qo‘yilmaydi”, dedi Kombodja bosh vaziri Xun Manet.

Kambodja agar Tailand bunga rozi bo‘lmasa ham shikoyat qilishini bildirdi.

Janubi-sharqiy osiyolik qo‘shnilar o‘rtasidagi harbiy to‘qnashuvlar 2008 yilda boshlangan va yillar davomida vaqti-vaqti bilan to‘qnashuvlar bo‘lib turgan.

Kiritildi: 23:33 02.06.2025. O'qildi: 716 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!