Bugun 6 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Annalena Berbok - BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasi raisi

Annalena Berbok - BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasi raisi

Germaniya sobiq tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasi raisi etib saylandi.

Qayd etilishicha, diplomat mazkur lavozimga yagona nomzod bo‘lgan. Jamoatchilik nemis hukumatining Berbok nomzodini 2025-2026 yillarda BMT Bosh Assambleyasi raisi lavozimiga ilgari surayotgani to‘g‘risida mart oyida xabar topgandi.

Berbok nomzodini 167 ta davlat qo‘llab-quvvatlagan. Uning inaugurasiyasi sentyabr oyida bo‘lib o‘tadi. Bosh Assambleya raisining vakolatlari muddati bir yilni tashkil etadi.

BMT Bosh Assambleyasi raisining vazifalari yig‘ilishlarni boshqarish va vakillik funksiyalarini bajarishdan iborat. Bu lavozim har yili almashib turadi. Germaniya oxirgi marta 1980 yilda Bosh Assambleyada raislik qilgan.

Kiritildi: 22:50 02.06.2025. O'qildi: 747 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!