Bugun 6 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Ukrainaning NATO'ga qo‘shilish istagini alyansning 14 a’zosi qo‘llab-quvvatladi — Deutsche Welle

Ukrainaning NATO'ga qo‘shilish istagini alyansning 14 a’zosi qo‘llab-quvvatladi — Deutsche Welle

Nashrning xabar berishicha, NATO'ning Shimoliy, Boltiqbo‘yi va Markaziy Yevropadagi a’zolari Ukrainaning alyansga qo‘shilish intilishlarini qo‘llab-quvvatlashlarini ma’lum qilishdi. Ushbu qo‘shma bayonot Litvada bo‘lib o‘tgan “Buxarest to‘qqizligi” va NATO'ning shimoliy davlatlari sammiti yakunida e’lon qilindi.

Sammit ishtirokchilari Rossiyani tiyib turish bo‘yicha harakatlarni yanada kuchaytirishga va Yevropa Ittifoqining Moskvaga qarshi yangi sankiiyalarini qabul qilishga tayyor ekanliklarini ta’kidlashdi. Sammitda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ham ishtirok etdi.

Qo‘shma bayonotda shuningdek, ishtirokchi davlatlar mudofaa xarajatlarini yalpi ichki mahsulotning 5 foizigacha oshirish yo‘lida harakat qilayotganliklari qayd etildi.

Kiritildi: 22:20 02.06.2025. O'qildi: 1005 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!