Bugun 6 iyun, 2025 yil, juma

КИР

World Boxing sportchilarning jinsini aniqlash uchun majburiy test joriy etadi

World Boxing sportchilarning jinsini aniqlash uchun majburiy test joriy etadi

Olimpiya o‘yinlarini tashkil etish huquqi berilgan World Boxing tashkiloti endilikda majburiy jins aniqlash testini o‘tkazadi.

Yangilik 1 iyul sanasidan kuchga kiradi. 18 yoshdan oshgan har bir sportchi jinsini aniqlash uchun PSR testidan o‘tishi talab etiladi. Milliy federasiyalar musobaqalarga ro‘yxatdan o‘tishda sportchilarning jinsini sinovdan o‘tkazish va tasdiqlash uchun javobgar bo‘ladi.

Shuningdek, tashkilot Jazoir boks federasiyasiga xat jo‘natgan, unga ko‘ra, Iman Xelif 5-10 iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan Eyndxoven kubogida ayollar toifasida, shuningdek, World Boxing qoidalari va test tartib-qoidalariga muvofiq jinsini aniqlash uchun genetik tekshiruvdan o‘tmaguncha, musobaqalarda qatnasha olmaydi.

Kiritildi: 21:35 02.06.2025. O'qildi: 746 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!