Bugun 6 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Kir Starmer: London Moskvaga qarshi harbiy harakatlarga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Kir Starmer: London Moskvaga qarshi harbiy harakatlarga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer bugun mamlakatni qayta qurollantirish rejalarini e’lon qildi. Bu rejalar Rossiyani tiyib turishga qaratilgan.

"Mening fikrimcha, mojaroning oldini olishning eng yaxshi usuli, unga tayyorlanishdir. Hozirgi kunda biz duch kelayotgan tahdid “Sovuq urush” davridan beri har qachongidan ham jiddiyroq va oldindan aytib bo‘lmaydigan darajada xavflidir", – deya ta’kidladi Starmer.

Buyuk Britaniyani qayta qurollantirish rejasi doirasida 12 ta hujumkor suv osti kemasi qurilishi, yadroviy qurollar modernizasiya qilinishi, dronlar ishlab chiqarishi ko‘paytirilishi, oltita o‘q-dori zavodi qurilishi, 7000 ta raketa zaxirasi yaratilishi va kiber qo‘shinlar tashkil etilishi mo‘ljallangan. Mazkur reja uchun bir milliard funt sterling (1,35 milliard AQSh dollari) miqdorida sarmoya kiritilishi bildirildi.

Buning uchun Buyuk Britaniya mudofaa xarajatlarini 2027 yilgacha yalpi ichki mahsulotning 2,5 foiziga, kelajakda esa 3 foiziga yetkazishni rejalashtirmoqda.

Kiritildi: 21:05 02.06.2025. O'qildi: 786 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!