Bugun 6 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Koloradoda Isroil tarafdorlarining tinch namoyishiga hujum uyushtirildi

Koloradoda Isroil tarafdorlarining tinch namoyishiga hujum uyushtirildi

Kolorado shtatining Boulder shahrida isroillik mahbuslarni ozod qilishni talab qilgan mitingga hujum qilgan erkak “Falastinga ozodlik” deb baqirdi, deb xabar beradi NBC News.

Guvohlarning aytishicha, hujumchi ishchi kiyimida yashirib olib kelgan yonuvchi suyuqlik shishasini ko‘targan va baqirgan. Rasmiylar xabarlarni o‘rganmoqda.

Hujumni amalga oshirgan shaxs voqea joyida qo‘lga olindi. U El-Paso okrugida yashovchi Misr fuqarosi, 45 yoshli Muhammad Sabri Soliman ekanligi aniqlangan. Rasmiylarning aytishicha, erkak yolg‘iz o‘zi harakat qilgan va ilgari jinoiy javobgarlikka tortilmagan.

Hujum oqibatida 67 dan 88 yoshgacha bo‘lgan sakkiz kishi jarohatlangan, rasmiylar buni terakt sifatida baholamoqda. Hozirda tergov davom etmoqda.

Kiritildi: 20:25 02.06.2025. O'qildi: 731 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!