Ukraina mudofaa vaziri Umerov so‘zlariga ko‘ra, tomonlar 6000 ga 6000 formulasi bo‘yicha halok bo‘lgan harbiylarning jasadlarini almashishga kelishib oldi.
Shuningdek, ikki davlat og‘ir kasal va 25 yoshgacha bo‘lgan harbiy asirlarni almashish bo‘yicha ham kelishuvga erishdi. Ammo o‘t ochishni to‘xtatish va Istanbuldagi yuqori darajadagi muzokaralar hozircha kelishilmagan.
Ukraina delegasiyasi Rossiyaga yana bir uchrashuvni iyun oyi oxirigacha o‘tkazishni taklif qildi. Rossiya o‘z memorandumini taqdim etgan va uni o‘rganish uchun Ukraina tomoniga bir hafta vaqt kerak bo‘ladi.